Rejissyor va teleboshlovchi Tigran Keosayan vafot etdi

Rossiyalik mashhur rejissyor va teleboshlovchi Tigran Keosayan 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi, RT telekanali va «Rossiya Segodnya» axborot agentligi bosh muharriri Margarita Simonyan xabar berdi.
Keosayanning sog‘ligi uzoq vaqtdan og‘ir bo‘lgan ya’ni, yanvar oyida u komaga tushib, klinik o‘limni boshdan kechirgan edi. Iyul oyida esa uning ahvoli yaxshilanmagani ma’lum bo‘lgan.
Tigran Keosayan 1966-yil 4-yanvarda mashhur rejissyor Edmond Keosayan va aktrisa Laura Gevorkyan oilasida tug‘ilgan. U «Mosfilm»da ishlash bilan ijodiy faoliyatini boshlagan, keyinchalik Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat institutida tahsil olgan.
U Fyodor Bondarchuk bilan qo‘shiqlar uchun videokliplar suratga olgan va 1992-yilda ilk to‘liq metrajli filmi «Katya va Shiz»ni yaratgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan italiyalik mashhur aktrisa Klaudiya Kardinale 87 yoshida vafot etgani haqida yozgandi.