
Saudiya Pro ligasi 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Al Hilol» va «Al Ahdud» oʻzaro toʻqnash keldi va yakunda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab hisob 14-daqiqada Haled Narey tomonidan ochildi. 45-daqiqada esa Markos Leandro muvozanatni tikladi.
45+4-daqiqada Teo Ernandes riyodliklarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 79-daqiqada Leandro dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa «Al Hilol» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 8 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Al Ahdud»da esa hali ochko yoʻq va jamoa soʻnggi oʻrinda bormoqda.
Saudiya Pro ligasi. 4-tur
«Al Hilol» — «Al Ahdud» 3:1
Gollar: Leonardo (45, 79), Teo (45+4) — Narey (14).
Al Hilol — Bunu, Al Yami (Al Harbi, 90), At Tambakti, Kulibali (Akchichek, 90+2), Ernandes, Nosir Ad Dosari (Kanno, 90), Nevesh, Milinkovich-Savich, Salim Ad Dosari, Kayo Sezar (Al Qahtoni, 83), Leonardo (Al Hamdan, 90).
Al Ahdud — Samuel, Ali Abd (Saud Salem, 87), Asseri (Havsavi, 87), Gunter, Al Salem, Alqaydhi, Bassogog (Al Hatila, 72), Gul, Petros, Narey (Al Jahif, 61), Kramer.