
Oʻzbekiston Superligasi 23-turidan oʻrin olgan bahsda «Andijon» oʻz maydonida OKMKni qabul qildi va yakunda minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 30-daqiqada Usmonali Ismonaliyev tomonidan kiritildi. Shu tariqa «Andijon» 5 o‘yinlik gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi.
Maʼlumot uchun, Maksim Shatskix shogirdlari ushbu oʻyindan soʻng oʻz ochkolari hisobini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa koʻtarilib oldi. OKMK esa 40 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Qayd etish joiz, «Andijon» 2011-yildan buyon olmaliqliklarni magʻlub eta olmayotgandi. Mirjalol Qosimov esa shu kungacha murabbiy sifatida «Andijon»ga yutqazmagandi.








Foto: «Andijon» matbuot xizmati
Oʻzbekiston Superligasi. 23-tur
«Andijon» — OKMK 1:0
Gol: Usmonali Ismonaliyev (30).
Andijon — Erjan Tokotayev, Abubakr Ashurov, Sunnatulloh Hamidjonov, Ismail Akinade, Saidumar Saidnurullayev (Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 70), Sardor Azimov, Damir Temirov (Muhammadyusuf Mirqodirov, 88), Usmonali Ismonaliyev (Bektemir Abdumannonov, 84), Doniyor Abdumannopov (Abdurahmon Abdullayev, 88), Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak.
OKMK — Javohir Ilyosov, Giorgi Papava (Oybek Rustamov, 46), Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov, Xurshid Gʻiyosov, Ruben Sanches (Sardor Mirzayev, 84), Naoki Senaga (Asad Sobirjonov,60) Islom To‘xtaxo‘jayev, Arixiro Sentoku (Ali Abdurahmonov, 70), Nodir Abdurazzoqov (Saidafzal Axrorov, 46).
Ogohlantirishlar: Dilshod Ahmadaliyev (26), Aziz Xolmurodov (40), Sardor Azimov (45+3), Islom To‘xtaxo‘jayev (58), Asad Sobirjonov (90+2).
