Tramp Vashingtonda o‘lim jazosi ijrosini buyurdi

eʼlon qilindi
Prokurorlarga dalillar yetarli bo‘lgan hollarda eng og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini talab qilish topshirildi
Vashingtonda O‘zbekiston mustaqilligi kuni e’lon qilindi
Foto: Tripplanet

25-sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya okrugida federal o‘lim jazosi qonunlarini to‘liq ijro etish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Bu haqda Oq uyning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, prokurorlarga dalillar yetarli bo‘lgan hollarda eng og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini talab qilish topshirildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror poytaxtdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Statistikaga ko‘ra, 2024-yilda Vashington har 100 ming aholiga 27,3 ta qotillik bilan mamlakat bo‘yicha eng xavfli shaharlar ro‘yxatiga kirdi.

Prezident o‘z nutqida poytaxtni jinoyat va tartibsizliklardan xalos qilib, dunyoning eng go‘zal shahariga aylantirishni va’da qildi.

Oq uyga ko‘ra, bu tashabbuslar jinoyatni jilovlash va Vashingtonda tartibni tiklash uchun keng qamrovli siyosatning bir qismi hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp mebel va yuk mashinalariga 50 foizgacha boj joriy qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek