Gadjetlar

Xiaomi Pad 8 Pro taqdim etildi

Xiaomi Pad 8 Pro
Xiaomi Pad 8 Pro taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi tomonidan yangi Xiaomi Pad 8 Pro plansheti taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

U 11,2 dyuymli IPS ekranga ega bo‘lib, tasvir aniqligi 3200 x 2136 piksel, yangilanish tezligi esa 144 Hz. Displey HDR10, Dolby Vision va HDR Vivid texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshet Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi va Android 16 asosidagi HyperOS 3.0 tizimi bilan ta’minlangan. Ushbu tizim katta ekranlar uchun maxsus optimallashtirilgan bo‘lib, ko‘p oynali rejim va interfeys yaxshilangan.

Asosiy kamera 50 MP (F/1,8 diafragmaga ega, 4K 60 fps video yozadi), old kamera esa 32 MP. Qurilmada 4 ta dinamik va 4 ta mikrofon mavjud.

Foto: Xiaomi

Eng katta ustunligi — 9200 mA/soat akkumulyator. U 67 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llaydi, shuningdek 22,5 Vt quvvatda teskari simli zaryadlash funksiyasi ham bor.

Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, bitta zaryad bilan 14 soat video tomosha qilish yoki 10,5 soat o‘yin o‘ynash mumkin.

Planshet Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4, USB 3.2 Gen1 Type-C, Dolby Atmos, Auracast va yuqori sifatli kodeklarni qo‘llaydi. Barmoq izi skaneri va IR-port ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max taqdim etilgani haqida yozgan edi.