Yevropa ligasi. «Portu» soʻnggi daqiqalarda gʻalabani ilib ketdi, «Aston Villa» ham minimal hisobda zafar quchdi va boshqa natijalar

26-sentabr 2025 02:36 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Yevropa ligasi 1-turidan oʻrin olgan bir qator bahslar boʻlib oʻtdi.

Jumladan, oʻz maydonida «Bolonya»ni qabul qilgan «Aston Villa» minimal hisobda gʻalaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 13-daqiqada Makginn tomonidan kiritildi.

Yevropa ligasi. 1-tur
«Aston Villa» — «Bolonya» 1:0
Gollar: Makginn (13).

Shuningdek, safarda «Zalsburg» mehmoni boʻlgan «Portu» ortga uch ochko bilan qaytadigan boʻldi. Portugaliyaliklar uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Gomes kiritgan gol evaziga zafar quchdi.

«Zalsburg» — «Portu» 0:1
Gollar: Gomes (90+4).

Bundan tashqari kun davomida quyidagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi:

«Shturgart» — «Selta» 2:1
Gollar: Buanani (51), Al Hannus (68) — Iglesias (86).

«Utrext» — «Lion» 0:1
Gollar: Tessmann (75).

«Reynjers» — «Genk» 0:1
Gollar: Oh Hyon Gyu (55).

«Yang Boyz» — «Panatinaikos» 1:4
Gollar: Yanko (25) — Sviderski (10), Zaruri (13, 19, 68).

«Ferensvarosh» — «Viktoriya Plzen» 1:1
Gollar: Perich (90+4) — Durosinmi (16).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Saudiya Pro ligasi 4-turida «Al Ahdud»ga qarshi maydonga tushgan «Al Hilol» 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko’tarilib olgani xabar qilingandi.

Shuningdek