Yopiq suddagi ma’lumotlarni oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
eʼlon qilindi
Majlisda ishtirok etayotganlardan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha tilxat olinadi

Endi yopiq sud majlisi muhokamasi tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu borada 26-sentabr kuni qabul qilingan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shu bilan birga, sud ishini yopiq majlisda ko‘rish asoslari mavjud bo‘lsa, sud maxsus ajrim chiqaradi.
Yopiq majlisda ishtirok etayotgan shaxslardan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik bo‘yicha tilxat olinadi va tilxatda Jinoyat kodeksining 239-moddasi bo‘yicha javobgarlik ogohlantirishi aks ettiriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Termizda sudya yordamchisi pora sabab qamoqqa olingani haqida yozgandi.