
Angliya Premyer-ligasining 6-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Yunayted» safarda «Brentford» mehmoni boʻlib, 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Uchrashuvda hisob 8-daqiqada Igor Tiago tomonidan ochildi. 20-daqiqada esa uning oʻzi dublni rasmiylashtirdi.
26-daqiqada Benjamin Sheshko hisobni qisqartirgan boʻlsa, 90+5-daqiqada Matias Yensen ustunlikni mustahkamladi.
Mazkur natijadan soʻng «Brentford» oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 7-oʻringa koʻtarilib oldi. «MYU» esa xuddi shuncha ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
APL. 6-tur
«Brentford» — «MYU» 3:1
Gollar: Tiago (8, 20), Yensen (90+5) — Sheshko (26).
Brentford — Kelleher – Kayode, Kollinz, van den Berg, Xiki (Genri 75) – Henderson (Oniyeka 81), Yarmolyuk – Uattara (Lyuis-Potter 75), Damsgard (Yanelt 81), Shade – Tiago (Yensen 90).
MYU — Bayindir – De Ligt, Maguayr (Yoro 66), Shou (Maunt 81) – Dalot, Ugarte (Meynu 66), Fernandesh, Dorgu (Zirkze 85) – Mbeumo, Kunya – Sheshko.
Ogohlantirishlar: Kollinz (72), Shade (81) – Fernandesh (55), Dorgu (85).