Sport

Bundesliga. «Bavariya» oʻz maydonida «Verder»ni tor-mor etdi, Keyndan dubl

Foto: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 5-turidan oʻrin olgan bahsda «Bavariya» oʻz maydonida «Verder»ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Jonatan Ta 22-daqiqada hisobni ochdi. Harri Keyn esa 45 va 65-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. 87-daqiqada Konrad Laymer jamoasining yirik hisobdagi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Qayd etish joiz, Keyn myunxenliklar safidagi gollari sonini 100 taga yetkazib oldi va Yevropaning TOP-5 chempionatlari doirasida bir klub safida 100 ta gol urish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi.

  1. Harri Keyn («Bavariya») — 104 ta o‘yin
  2. Erling Holand («Man Siti») — 105 o‘yin
  3. Krishtianu Ronaldu («Real») — 105 o‘yin
  4. Luis Suares («Barselona») — 120 o‘yin

Ma’lumot uchun, «Bavariya» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 15 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Verder» esa 4 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 5-tur

«Bavariya» — «Verder» 4:0

Gollar: Ta (22), Keyn (pen. 45, 65), Laymer (87).

Bavariya — Noyer, Buy, Upamekaro, Ta, Laymer, Goretska (Kimmix, 61), Bishof, Olise (Karl, 78), Gnabri (Gerreyru, 61), Dias (Mike, 84), Keyn (Jekson, 78).

Verder — Eyn, Sugavara, Fridl, Kulibali, Agu (Shmidt, 80), Linen, Stage (Bitenkur, 80), Puertas (Bonifase, 61), Shmid, Mbangula (Chovich, 80), Gideon (Gryul, 73).

Ogohlantirishlar: Gnabri (16), Kimmix (65).