Yangiliklar

Buzilishga tushgan uy uchun kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Termizda
Termizda kompensatsiya puli evaziga pora olgan shaxs ushlandi
Termizda kompensatsiya puli evaziga pora olgan shaxs ushlandi. Foto: Prokuratura departamenti

Buzilishga tushgan uy uchun kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, Termiz tumanidagi baholash firmasida norasmiy ishlagan shaxs fuqaroning ishonchini suiiste’mol qilib qo‘lga olindi. U fuqaroning buzilishga tushgan uyi uchun berilishi kerak bo‘lgan 623 million so‘m kompensatsiya pulini tezlashtirib olib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u fuqarodan $900 va 1 million so‘mni olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish materiallari prokuraturaga yuborilgan.

Bundan oldin fuqarolarni Meksika orqali AQShga noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan firma rahbari ushlangandi. Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari uch nafar fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilgan.