La Liga. «Real» derbida «Atletiko»dan «tarsaki» yedi

27-sentabr 2025 22:27 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Ispaniya La Ligasi 6-turidan oʻrin olgan bahsda «Atletiko» oʻz maydonida «Real»ni qabul qildi va yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Robin Le Norman 14-daqiqada hisobni ochdi. 25-daqiqada Kilian Mbappe muvozanatni tikladi. 36-daqiqada esa Arda Guler «Real»ni oldinga olib chiqdi.

Biroq birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda «Atletiko» Aleksandr Syorlotning goli evaziga tanaffusga durang bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi boʻlim boshida «Real» darvozasi tomon penalti belgilandi va Xulian Alvares nuqtada adashmadi – 3:2. 63-daqiqada esa argentinalik hujumchining oʻzi dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Antuan Grizman ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi va jamoasining yirik hisobdagi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Shu tariqa «Real» mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi. «Atletiko» esa oʻz ochkolari hisobini 12 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi.

La Liga. 6-tur

«Atletiko» — «Real» 5:2

Gollar: Le Norman (14), Serlot (45+3), Alvares (pen. 51, 64), Grizmann (90+4) — Mbappe (25), Guler (37).

Atletiko — Oblak, Lorente, Le Norman, Langle, Gansko (Galan 83), Simeone, Koke, Barrios (Baena 90+2), Gonsales (Grizmann 83), Alvares (Molina 90+2), Syorlot (Gallaher 67).

Real — Kurtua, Karvaxal (Kamavinga 59), Militao (Asensio 46), Heysen (Gonsalo 90), Karreras, Guler (Mastantuono 59), Chuameni, Valverde, Vinisius, Bellinghem (Rodrigo 70), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Syorlot (23), Gonsales (41), Langle (56), Simeone (82) — Guler (49), Asensio (58), Karreras (62), Mastantuono (90+6).

Shuningdek