
Saudiya Pro ligasi 4-turidan oʻrin olgan markaziy bahsda «An Nasr» safarda «Al Ittihod» mehmoni boʻldi va ishonchli gʻalabaga erishdi.
Dastlab Sadio Mane 9-daqiqada hisobni ochdi. Senegallik hujumchi oʻng qanotdan uzatilgan toʻpni darvozaga «mixlab» qoʻydi.
35-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Portugaliyalik yulduz Manening uzatmasini golga aylantirdi.
Qayd etish joizki, ushbu gol Ronalduning faoliyatidagi 946-goli boʻldi.
Ma’lumot uchun, «An Nasr» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 12 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Al Ittihod» esa 9 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Saudiya Pro ligasi. 4-tur
«Al Ittihod» — «An Nasr» 0:2
Gollar: Mane (9), Ronaldu (35).
Al Ittihod — Raykovich, Al Jelidan (Sharahili, 77), Al Musa, Pereyra, Faqihi (Alobud, 61), Kante, Auar (Al Gamdi, 45), Fabinyo, Diabi, Benzema, Bergveyn.
An Nasr — Bentu, Boushal, Simakan, Martines, Yahyo (Garib, 90, Koman (Al Gannam, 86), Brozovich, Al Haybari (Al Hassan, 90), Mane, Ronaldu (Al Amri, 90), Feliks.