Yangiliklar

Urganch – Nukus yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

27-sentabrdan boshlab
Toshkent – Olot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Urganch–Nukus yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Foto: Transport vazirligi

Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 27-sentabrdan boshlab «Urganch – Nukus – Urganch» shaharlararo poyezdi har kuni qatnay boshlaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Jadvalga ko‘ra, 6354-sonli «Nukus – Urganch» poyezdi har kuni soat 05:30 da Nukusdan jo‘nab, 08:50 da Urganchga yetib keladi. Shuningdek, 6353-sonli «Urganch – Nukus» poyezdi esa soat 15:30 da Urganchdan chiqib, 18:50 da Nukusga yetadi.

Avvalroq shaharlararo qatnovchi elektropoyezdlar jadvaliga vaqtinchalik o‘zgarishlar kiritilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 1 – 2-oktabr kunlari va 3-oktabrdan 14-dekabrgacha esa har juma, shanba va yakshanba kunlari 6414 va 6413-sonli poyezdlar yangi jadval asosida qatnaydi. Shuningdek, 6411-sonli «Guliston –Toshkent Janubiy» va 6313-sonli «Andijon – Qo‘qon» poyezdi jadvali ham o‘zgargandi.