1,2 mln qozog‘istonlik O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash uchun keldi
eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 620,7 ming nafarga yoki 39,3 % ga ko‘p

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – iyul oylarida 1,5 mln nafar Qozog‘iston fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 620,7 ming nafarga yoki 39,3 % ga ko‘p.
Shu davrda kelgan qozog‘istonliklarning asosiy qismi qarindoshlarini yo‘qlash uchun safar qilgan — 1 mln 246,8 ming nafar. Shuningdek, 111,5 ming kishi xizmat safarida bo‘lgan, 102,9 ming kishi sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.
Qolganlari davolanish (4,9 ming nafar), tijorat (0,3 ming nafar) va o‘qish (0,1 ming nafar) uchun kelgani qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda AQShga safar qilganligi haqida xabar bergan edi.