A Seriya. «Inter» safarda «Kalyari»ni magʻlub etib, 3-o‘ringa koʻtarildi

28-sentabr 2025 02:56 eʼlon qilindi

(28-sentabr 2025 12:43 yangilandi)
Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Italiya A Seriyasining 5-turidan oʻrin olgan bahsda «Inter» safarda «Kalyari» mehmoni boʻldi va ishonchli hisobda gʻalaba qozondi.

Dastlab Lautaro Martines 8-daqiqada hisobni ochdi. 82-daqiqada esa Espozito jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa «neradzurrilar» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 9 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Kalyari» esa 7 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 5-tur

«Kalyari» — «Inter» 0:2

Gollar: Martines (8), Espozito (82).

Kalyari — Kapril, Pedro (Felichi, 58), Mina, Luperto, Palestra, Adopo, Deyola (Gaetano, 58), Folorunsho (Borrelli, 77), Obert (Idrissi, 77), Belotti (Prati, 44), Espozito.

Inter — Martines, Akanji, De Vrij, Bastoni, Enrike (Dyumfris, 72), Barella (Frattezi, 64), Chalhano’g’li, Mixitaryan, Augusto (Dimarko, 46), Tyuram (Espozito, 64), Martines.

Shuningdek