
Angliya Premyer-ligasining 6-turidan oʻrin olgan bahsda «Tottenhem» va «Vulverxempton» oʻzaro to‘qnash keldi. Yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvda hisob 54-daqiqada Santyago Bueno tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Joau Palinya «taqachilar»ni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa «Tottenhem» ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 11 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarilib oldi. «Vulverxempton» esa 1 ochko bilan soʻnggi pogʻonada bormoqda.
APL. 6-tur
«Tottenhem» — «Vulverxemton» 1:1
Gollar: Palinya (90+4) — Bueno (54).
Tottenhem — Vikario, Spens (Porro, 63), Romero, Van de Ven, Udogie (Tel, 84), Palinya, Bentankur (Jonson, 62), Qudus, Bergvall (Sarr, 78), Simons (Odobert, 78), Risharlison.
Vulverxempton — Jonston, Doherty (Agbadu, 46), Bueno, Kreychi, Bueno, Gomes (Bellegarde, 64), Andre, Arias, Munetsi, Hvang (Chatchoua, 46), Larsen (Arokordare, 84).