Chevrolet Damas avtomobillari salondan g‘oyib bo‘ldi

28-sentabr 2025 11:39 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Chevrolet Damas
Chevrolet Damas avtomobillari salondan g‘oyib bo‘ldi / Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Avtosalonlarda Chevrolet Damas avtomobillari qolmadi, yangi partiya esa ikki hafta ichida kutilmoqda. Bu haqda Avtostrada nashri ma’lum qildi.

Talabning keskin oshishiga imtiyozli avtokreditlar va foizsiz muddatli to‘lov dasturlari sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Damas D2 STYLE PLUS yo‘lovchi versiyasiga navbatlar yuzaga kelgan.

Shu bilan birga, pikap va yuk-yo‘lovchi Combi versiyalari hozircha savdoda mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas avtomobilining eskirmaslik sabablari haqida yozgan edi.

O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet Damas 30 yildan buyon ommabopligicha qolmoqda. Birgina misol, joriy yilning yanvar – avgust oylarida 66 ming dona Damas xarid qilingan. Xo‘sh, bu model qaysi jihatlari bilan xalq e’tiborini qozonmoqda?

Model haqida qisqacha: texnik xususiyatlari va narxi

Modelning narxi 93 156 000 so‘mdan boshlanadi. Bu kichik biznes uchun qulay tanlov. Model 0,8 litrli, 38 ot kuchiga ega benzin dvigateliga ega. 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan taqdim etiladi.

Orqa g‘ildirakdan tortish tizimi sharoitga tez moslashadi. Shahardagi tirbandlikda ham Damas o‘zini ishonchli tutadi. Burilish radiusi kichik, manevr qilish oson.

Uning yoqilg‘i sarfi 7,0 l/100 km atrofida. Ishlab chiqaruvchi 6,5 – 9,3 l/100 km diapazonini ko‘rsatadi. Tejamkorlik tadbirkor uchun kunlik xarajatni kamaytiradi.

Kuzov besh eshikli. Yuk ortish va tushirish qulay. Bagaj bo‘limi 450 kg.gacha yukni ko‘tara oladi. Texnik xizmat oddiy. Ehtiyot qismlar topilishi oson.

Damas uch amaliy modifikatsiyada sotiladi. Yo‘lovchi versiyasi 2+3+2 sxema bo‘yicha 7 o‘ringa ega. Kombi versiyasi 2+3 o‘rindiq va katta yuk maydonini taklif etadi. Yuk tashuvchi furgon versiyasi 560 kg gacha yuk ko‘taradi.

Shuningdek