Jizzaxda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlandi

eʼlon qilindi
Tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Jizzax viloyatida sudya yordamchisi xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirgani fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolga turmush o‘rtog‘i bilan ajrim jarayonini tezlashtirib berishini va er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berishini va’da qilgan. Buning evaziga esa $300 talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘z xizmat xonasida so‘ralgan pulni olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkita tumanda haydovchilik guvohnomasi uchun pora olganlar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek