
Fransiya chempionatining 6-turidan oʻrin olgan bahsda «PSJ» oʻz maydonida «Oser»ni qabul qilib, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Ilya Zabarniy 32-daqiqada parijliklarni oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada esa Lukas Beraldo jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Shu tariqa «PSJ» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Oser» esa 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, Parij grandi oʻzining navbatdagi oʻyinini Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi oʻtkazadi.
Liga 1. 6-tur
«PSJ» — «Oser» 2:0
Gollar: Zabarniy (32), Beraldo (55).