
Mashhur insayder Digital Chat Station kelasi oy taqdim etilishi kutilayotgan Oppo Find X9 flagmani haqida asosiy tafsilotlarni ochib berdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangi smartfon MediaTek Dimensity 9500 chipida ishlaydi va 6,59 dyuymli 1,5K OLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran 120 GHz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Avtonomiya masalasida ham kuchli natijalar kutilmoqda: 7025 mA/soat sig‘imli batareya va 80 vattli simli hamda 50 vattli simsiz tezkor quvvatlash rejimi mavjud bo‘ladi.
Kameralar tizimi Hasselblad hamkorligida ishlab chiqilgan. Asosiy blok quyidagilardan iborat:
- 50 MP Sony LYT-808 (asosiy sensor),
- 50 MP Samsung JN5 (ultrakeng burchakli obyektiv),
- 50 MP Sony LYT-600 (periskop moduli, zum uchun),
- 2 MP True Chroma (aniq rang uzatish uchun yordamchi modul).
Bundan tashqari, smartfon ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri, IP69 darajadagi himoya, shuningdek, Android 16 operatsion tizimi va ColorOS 16 interfeysi bilan taqdim etiladi.
Oppo Find X9 flagmanlar liniyasi oktabr oyida rasmiy taqdim etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 14 5G Diwali Edition taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.
Oppo Hindiston bozorida o‘zining mashhur Reno 14 5G smartfonining maxsus Diwali Edition versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Diwali Edition’ning orqa paneli madaniy ilhom asosida ishlangan. Unda mandala naqshlari, tovus tasviri va olovga o‘xshash elementlar uyg‘unlashtirilgan. Qora va oltin ranglar uyg‘unligi esa yanada kontrast va chuqurlik bag‘ishlaydi. Eng qiziq jihati — Oppo GlowShift texnologiyasi bo‘lib, u issiqlikka sezgir panel rangini o‘zgartiradi: sovuqda qora, issiqda esa oltin tusga kiradi. Kompaniya bu yechim minglab sikllarda ham o‘z xususiyatini yo‘qotmasligini ta’kidlamoqda.
Smartfon kosmik darajadagi mustahkam ramka, Gorilla Glass 7i himoyasi va IP66, IP68 hamda IP69 standartlariga mos chang va suvga chidamlilikka ega.