O‘zbekiston harbiylari Koreyada xalqaro musobaqada uchinchi marotaba mutlaq g‘olib bo‘ldi

eʼlon qilindi
500 nafar harbiy xizmatchi qatnashdi
Foto: Mudofaa vazirligi

21 – 26-sentabr kunlari Koreya Respublikasining Kongvando provinsiyasi Inje shahrida Quruqlik qo‘shinlari Ilmiylashtirilgan mashg‘ulot markazida xalqaro jangovar tayyorgarlik musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Koreya, O‘zbekiston, AQSh, Yangi Zelandiya, Kambodja hamda NATO qo‘shma guruhidan jami 16 ta jamoa va qariyb 500 nafar harbiy xizmatchi qatnashdi.

Musobaqada jamoalar operativ rejalar ishlab chiqib, qo‘shma operatsiyalar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazdi. Shundan so‘ng ular qur’a tashlash orqali jangovar simulyatsiyalar va ilmiylashtirilgan mashg‘ulot dasturlari asosida 12 bosqichli shartli janglarda bellashishdi.

Baholashda ishtirokchilarning jangovar qoidalarga rioya qilishi, hujum va mudofaadagi natijalari hamda taktik vaziyatlarga mos harakatlari hisobga olindi. O‘zbekiston jamoasi dushman qo‘mondonlik punktini 21 daqiqada qo‘lga olib, mudofaada 25 daqiqada shartli dushmanni yakson etib, musobaqa rekordlarini yangiladi.

Shuningdek, serjant Bekzod Nodirov eng yuqori natija ko‘rsatib, «Eng yaxshi o‘qchi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi uchinchi bor musobaqada mutlaq g‘olib bo‘lib, birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiylari qo‘shma kompyuter o‘quv mashg‘ulotini boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek