Yangiliklar

Toshkent viloyatida yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

27-sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent viloyatining Chinoz tumani Rasulobod temir yo‘l liniyasining Olmazor bekati yaqinidagi peregonda sut mahsulotlari ortilgan yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketdi.

Poyezd «Jizzax – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan edi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etishga tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, navbatchi smena va mas’ul xizmatlar jalb etilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Poyezdlar harakati to‘liq tiklandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Urganch – Nukus yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.