Xiaomi 17 Pro va Pro Max: orqa ekran imkoniyatlari kengaytiriladi

28-sentabr 2025 14:58 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro va Pro Max: orqa ekran imkoniyatlari kengaytiriladi / Foto: Xiaomi

Xiaomi prezidenti Lu Veybing Xiaomi 17 Pro va Pro Max’da orqa ekranning funksiyalari kengaytirilishini ma’lum qildi.

Yangi flagmanlarda kameralar blokiga joylashtirilgan kichik displey allaqachon vaqt, bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlarni ko‘rsatish va selfi uchun ko‘zgudan foydalanish imkonini beradi. U, shuningdek, musiqa pleyerni boshqarish, budilnik qo‘yish, ovqat buyurtmalari yoki taksining real vaqt ma’lumotlarini chiqarish kabi vazifalarni bajaradi.

Veybing foydalanuvchilardan yangi ssenariylar bo‘yicha takliflar kutilayotganini aytib, bu ekran oddiy qo‘shimcha emas, balki kundalik hayotda qulay vosita bo‘lishini ta’kidladi.

Xiaomi asoschisi Ley Tszyun esa Xiaomi 17 Pro Max zaxiralari ko‘plab do‘konlarda tugaganini, xaridorlarga 17 Pro modeliga e’tibor qaratishni maslahat berdi.

Apple o‘z vaqtida Dynamic Island’ni iPhone 14 Pro’da taqdim etib, kengaytirilgan imkoniyatlarni va’da qilgan, biroq amalda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Xiaomi esa bu tajribani takrorlamaslikka va’da bermoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max taqdim etilgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek