Yangiliklar

BMW 330 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olmoqda

bmw
AQSh va Germaniyada
BMW
Fotо: Unsplash

BMW kompaniyasi starter tizimidagi nuqson sababli AQSh va Germaniyada 330 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olish jarayonini boshladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, faqat Germaniyaning o‘zida 136,5 ming, AQShda esa 195 mingga yaqin mashina egalaridan qaytarib olinmoqda.

Mazkur nuqson avtomobilning yonib ketish xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois kompaniya muammoli transport vositalari egalariga rasmiy xizmat markazlarida bepul tekshiruv va ta’mirlash ishlari taklif etilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, ushbu nuqsonli transportlar 2015-yil sentabridan 2021-yil sentabrigacha ishlab chiqarilgan. Qaytarib olinayotgan mashinalar orasida Yevropa va Osiyo bozorlarida foydalanilayotgan modellar ham mavjud.

BMW muammo bartaraf etilmaguncha avtomobillarni vaqtincha ko‘chada, binolardan uzoqda saqlashni tavsiya etmoqda. Haydovchilardan esa ogohlantirishlarga jiddiy e’tibor qaratish so‘raldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW yangi avlod iX3’ni jahon bozorida taqdim etgani haqida yozgandi.