Bozorlardagi 130 tonnadan ortiq yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chiqarildi

Bozorlarda 130 tonnadan ortiq yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chiqarildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaga ko‘ra, dehqon bozorlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida:
- 300 ta bozor doimiy nazoratga olindi;
- sifati kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan 130 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olib tashlanib, brakovka qilindi;
- sanitariya qoidalariga zid sharoitda savdo qilgan 514 nafar fuqaroga jarima qo‘llandi.
Tekshiruvlarda, shuningdek, ko‘plab bozorlarida go‘sht va sut mahsulotlari uchun maxsus pavilyonlar, suv ta’minoti, chiqindi yig‘ish sharoiti hamda veterinariya laboratoriyalari yetarli emasligi aniqlangan. Qo‘mita bozorlarni sanitariya talablariga moslashtirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda kefirdan zaharlangan 182 nafar bola shifoxonalarda qolayotgani haqida xabar berilgandi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan, bemorlarda asoratlar yo‘q. Hatto ilgari o‘rtacha og‘irlik toifasiga kiritilganlarning ham salomatligi yaxshilanmoqda.