Bo‘zsuv kanalidagi ifloslanish uchun 1,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Bo‘zsuv kanaliga kanalizatsiya suvlari oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Tekshiruvlar davomida oqova suv namunalari laboratoriya tahlilidan o‘tkazilib, belgilangan me’yorlardan bir necha baravar yuqori ko‘rsatkichlar aniqlandi.
Xususan, muallaq moddalar, ammoniy ioni, azot nitrit, sulfatlar, fosfatlar, BPK, neft mahsulotlari, mis va temir miqdori keskin oshgani qayd etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitni ifloslantirish oqibatida 1 511 966 so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi belgilandi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan «Toshkent suv ta’minoti» AJga nisbatan Jinoyat kodeksining 205 va 207-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqda o‘lik holda topilgan ayiq bo‘yicha ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilishi haqida yozgan edi.