Avto

Chery Tiggo 8 avtomobili ikki xil dizaynda taqdim etildi

Cherry
Chery Tiggo 8 avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: Chery

Chery kompaniyasi tomonidan Chery Tiggo 8 avtomobili ikki xil dizaynda taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Krossover yangilangan kuzov dizayni, besh o‘rinli salon va oldingi avlodga qaraganda kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘lgan. Rasmiy taqdimot shu yilning to‘rtinchi choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xaridorlarga old panel uchun ikki xil variant taklif etiladi. Biri Tiggo 8 Plus uslubida — alohida faralar va X shaklidagi panjara bilan, ikkinchisi esa boshqa turdagi faralar va rombsimon panjara naqshi bilan ishlab chiqilgan.

Foto: Chery

Bugungi kunda Tiggo 8 liniyasi Xitoy bozorida besh xil versiyada sotilmoqda. Ular orasida Tiggo 8 Plus, Tiggo 8L, Tiggo 8 Pro 2025 va Zhuoyue Edition mavjud. So‘nggi model 1,5 litrli TCI dvigateli (154 ot kuchi) bilan jihozlangan. Avgust oyida Tiggo 8 oilasining umumiy savdosi 15 695 dona avtomobilni tashkil qilgan.

Yangilangan Tiggo 8’ning orqa qismida ham sezilarli o‘zgarishlar qilingan. Endi avtomobil kenglik bo‘ylab cho‘zilgan uzluksiz chiroqlar, ingliz tilidagi Chery yozuvi va juft chiqindi quvurlari bilan jihozlangan. Model o‘lchamlari 4749×1880×1710 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2825 mmni tashkil etadi. Dvigatel xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery Fulwin T11 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Yangi Fulwin T11 tashqi ko‘rinishda Range Rover’ni eslatadi. Avtomobilning uzunligi 5150 mm, eni 1995 mm, balandligi 1800 mm, g‘ildirak bazasi esa 3120 mm. Uning kuzoviga lidar o‘rnatilgan.