Dollar va O‘zbekiston: Amerika valyutasi qanday o‘zgarmoqda

eʼlon qilindi
Mutaxassis eksport hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini qayd etdi
dollar
Dollar va O‘zbekiston: Amerika valyutasi qanday o‘zgarmoqda / Foto: Depositphotos

Sentabr oyi AQSh valyutasi uchun turlicha o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. 27 kunlik dinamikka qaraydigan bo‘lsak, dollarning keskin pasayganini ko‘rishimiz mumkin. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining O‘zbekistondagi o‘zgarishi va unga oid navbatdagi maqolasini e’lon qiladi.

2-sentabr kuni dollar 12 460,70 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 4-sentabrda 12 374,55 so‘mgacha tushdi. 8-sentabrda esa oy davomida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi — 12 520,78 so‘m. Biroq keyingi kunlarda barqaror pasayish kuzatilib, 10-sentabrda 12 355,14 so‘mga tushdi.

15-sentabrda kurs 12 426,83 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 19-sentabrda 12 314,71 so‘m etib qayd qilindi. Oy o‘rtalaridan so‘ng pasayish yanada sezildi. 24-sentabr kuni dollar 12 171,03 so‘mga tushdi. 26-sentabrda esa valyuta 12 199,71 so‘m bo‘ldi. 29-sentabrda esa 12 138,67 so‘m bo‘ldi.

30-sentabrda esa AQSh valyutasi 12 067,76so‘m (-70,91so‘m) etib belgilandi. Bu oyning eng past ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Shunday qilib, sentabr oyida dollar kursi umumiy hisobda pasayish trendida bo‘ldi. Agar 2-sentabrda 12 460,70 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, oy oxirida u 12 199,71 so‘mni tashkil etdi. Bu esa qariyb 261 so‘mlik tushish demakdir.

Dollar nega pasaymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mudiri Ikbaljon Kasimovning yozishicha, so‘nggi yillar statistikasiga ko‘ra, 2020 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi izchil o‘sib borgan bo‘lsa-da, savdo balansining salbiy qoldig‘i saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2024-yilda eksport hajmi 26,94 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, import 38,98 milliard dollarga yetib savdo balansining salbiy qoldig‘i 12,03 milliard dollarga yetgan. Bu holat O‘zbekistonning tashqi savdosida ijobiy o‘sish tendensiyasi bilan birga, importning ustunligini va savdo disbalansi muammosi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Dollarning qadrsizlanishi qanday baholanmoqda?

«Bugungi kundagi O‘zbek so‘mining mustahkamlanishi eksport va import qiluvchilar faoliyatiga ta’sirini tahlil etadigan bo‘lsak. Avvalo, bu holat eksportchilarni xavotirga soldi. Chunki mustahkamlanayotgan so‘m ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini pasayishiga olib keladi. Misol uchun, bir tonna to‘qimachilik mahsuloti yoki sayyohlik xizmati raqobatchilarga qaraganda qimmatroq ko‘rinib, eksport hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas», deya qayd etdi Kasimov

Avvalroq 29-sentabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek