Fond bozori: «Hamkorbank» aksiyalari 11,22 foizga qimmatlashdi

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 19-sentabrdan 26-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,46 foizga pasaydi.
Mazkur davrda «Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 11,22 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,89%) va «O‘zRTXB» (+7,29%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Qizilqumsement» aksiyalari 13,76 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Aloqabank» (-6,82%) va «O‘zbektelekom» aksiyalari (-4,01%) ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Ipoteka-bank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Qizilqumsement» (1024 ta), «Kapital sug‘urta» (768 ta) va «Aloqabank» (573 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.
Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Elektrqishloqqurilish» (883,11 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (543,53 mln so‘m) va «Hamkorbank» aksiyalari (406,44 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.
Yuqori likvidli aksiyalardan 14 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz, qolgan sakkiztasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 3,48 mlrd so‘m bo‘ldi.
Bundan oldin «Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 12-sentabrdan 19-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,13 foizga oshgandi.
Mazkur davrda «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,01 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, faqat «O‘zbektelekom» (+3,28%) va «O‘zmetkombinat» (+0,50%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.