
iQOO kompaniyasi tez orada taqdim etiladigan yangi flagmani iQOO 15 haqida navbatdagi muhim tafsilotni oshkor qildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Brend vakili Galant V Weibo sahifasida qurilma 50 MP periskop telefoto kamera bilan jihozlanishini tasdiqladi.
Avvalgi iQOO 14 ham 50 MP telefoto kamera bilan chiqqan bo‘lsa-da, bu safar modelga katta sensorli periskop moduli qo‘shiladi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, iQOO 15 uchta 50 MP moduldan iborat asosiy kameraga ega bo‘ladi.
- Ekran: 6,85 dyuymli Samsung AMOLED, 2K, 144 Hz;
- Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5;
- Xotira: 16 GB RAM gacha va 1 TB saqlash;
- Batareya: 7000 mA/soat, 100 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlash;
- Dasturiy ta’minot: Android 16 asosidagi OriginOS 6;
- Boshqa imkoniyatlar: ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri, Q3 gaming chip, yangi x-o‘q liniyali motor, sun’iy yo‘ldosh aloqasi.
Smartfon oktabr oyida Xitoyda iQOO Neo 11 bilan birga taqdim etiladi, keyinchalik Hindiston bozoriga ham chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo Y50i smartfoni Xitoyda taqdim etilgani haqida xabar begran edi.
Vivo kompaniyasi tomonidan Xitoy bozorida yangi Vivo Y50i smartfoni namoyish qilindi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Qurilma arzon narx, qulay ishlash va katta batareyasi bilan ajralib turadi.
Smartfon 6,74 dyuymli HD+ LCD displey bilan ta’minlangan bo‘lib, 90Hz yangilanish chastotasi, 1000 nit yorqinlik darajasi va TUV Rheinland’ning past ko‘k nurlanish sertifikatiga ega. Displey ko‘zni charchatmaydigan qorong‘i rejim va 180Hz teginish tezkorligini ham qo‘llab-quvvatlaydi.