
2025/2026-o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi. O‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shimcha qabul imkoniyati yaratiladi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Unga ko‘ra, qo‘shimcha qabul oliygohlarning moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar salohiyatidan kelib chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Talabgorlar zarur ma’lumotlarni oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari yoki magistratura bo‘limlaridan olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, davlat OTMi magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga kirgan abituriyentlarning kontrakt miqdori oliygoh tomonidan real xarajatlarga qarab mustaqil belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magistratura kontraktini qoplab berish bo‘yicha ariza topshirish muddati uzaytirilgan edi.