Magistraturaga qo‘shimcha qabul, Mirziyoyevning qisqa ta’tili, Rossiyadagi migrantlarga bekor qilinadigan ijtimoiy nafaqalar — 29-sentabrning muhim voqealari

eʼlon qilindi
Moldovadagi parlament saylovida PAS partiyasi g‘alaba qozondi
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Magistraturaga qo‘shimcha qabul, Mirziyoyevning qisqa ta’tili, Rossiyadagi migrantlarga bekor qilinadigan ijtimoiy nafaqalar — 29-sentabrda bir qator yangiliklar yuz berdi. Kursiv Uzbekistan nashri tomonidan 29-sentabrda yuz bergan voqealar bitta materialga jamlandi.

Magistratura uchun qo‘shimcha qabul tartibi qanday

Foto: Belong Blog

2025/2026-o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi. O‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shimcha qabul imkoniyati yaratiladi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Unga ko‘ra, qo‘shimcha qabul oliygohlarning moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar salohiyatidan kelib chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda

Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinmoqda

2025-yil 17-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkaziladigan kuzgi spotting-turga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qildi.

Ishtirok etish uchun spotterlar pr@uzairports.com manziliga ariza va pasport nusxasini yuborishlari kerak. Ariza topshirish muddati — 1-oktabr soat 18:00 gacha.

O‘zbekiston va Misr «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Misr «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin
O‘zbekiston va Misr «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston diplomatlari Misrning chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi yetakchi operatori — «GY ECO Energy for Environmental Solutions» kompaniyasi rahbari Tamer Ismail bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Muloqotda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tamer Ismail O‘zbekistonning barqaror rivojlanish strategiyasi hamda energiya islohotlari kompaniya uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Moldovadagi parlament saylovida PAS partiyasi g‘alaba qozondi

Moldovada 28-sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida hukmron proyevropa Harakat va birdamlik (PAS) partiyasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 49,6% ovoz to‘pladi. Bu haqda DW ma’lum qildi.

PAS natija bo‘yicha taxminan 53 va undan ortiq mandatga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu unga koalitsiyasiz hukumat tuzish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-sentabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yilgi hisobga bu Mirziyoyevning ikkinchi mehnat ta’tili bo’lib, prezident 6-yanvarda ham ta’til olgandi.

Durov: Fransiya razvedkasi Moldovadagi ayrim Telegram kanallarni oʻchirishni soʻradi

Durov: Fransiya razvedkasi Moldovadagi ayrim Telegram-kanallarni oʻchirishni soʻradi
Durov: Fransiya razvedkasi Moldovadagi ayrim Telegram-kanallarni oʻchirishni soʻradi / Foto: Roskomsvoboda

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya razvedkasi vositachi orqali undan Moldovaga oid ayrim Telegram kanallarni o‘chirishni talab qilganini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Uning aytishicha, vositachi kanallarni oʻchirsa, razvedka uning Fransiyadagi sud ishida sudyaga ijobiy ta’sir oʻtkazishda yordam berishini va’da qilgan.

Rossiyada migrantlarga ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish taklif etildi

Rossiyada migrantlar uchun pensiya bekor qilinishi taklif etildi. Bu haqda Liberal-demokratik partiya (LDPR) raisi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy Telegram kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, partiya rahbariyati mamlakat budjeti hozirda maxsus harbiy operatsiya, ijtimoiy va demografik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilayotganini ta’kidladi. Shu sababdan Rossiyada hech qachon mehnat qilmagan yoki jamiyat hayotida qatnashmagan migrantlarga pensiya to‘lash mantiqan asossiz deb hisoblanmoqda.

Xitoyda dunyoning eng baland ko‘prigi ochildi

Foto: None

Xitoyning Guizhou provinsiyasida dunyodagi eng baland — Huatszyan darasi ustidan o‘tuvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Inshoot Beipanjyan daryosidan 625 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu San-Fransiskodagi «Oltin darvoza» (Golden Gate) ko‘prigidan qariyb to‘qqiz baravar baland. Qurilish ishlari uch yil davom etdi. Ko‘prikning umumiy uzunligi 2,9 ming metrni, asosiy oraliq qismi esa 1,4 ming metrni tashkil etadi.

Oʻzbek taniqli bokschilari murabbiyiga avtomobil sovgʻa qilishdi

Bosk bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevga shogirdlari — Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov Mercedes avtomobili sovg‘a qilishdi.

Ma’lumot uchun, To‘lqin Qilichev 2022-yil avgustidan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida terma jamoa 2023-yilda jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, 2024-yilda esa jahon kubogida g‘olib chiqdi. Parijda o‘tgan 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medal qo‘lga kiritdi.

Qurilish shartnomasi iste’molchi tomonidan bekor qilinganda jarima undirish mumkin emas — Raqobat qo‘mitasi

Mehnat migratsiyasi
Oylik maosh 1800 yevro: Germaniya muhandis-mexanik va chilangarlarni ishga taklif qilmoqda / Foto: Pexels.com

Ayrim qurilish korxonalari ko‘p qavatli uylar bo‘yicha tuzilayotgan shartnomaga ushbu kelishuv iste’molchi tomonidan bekor qilinganda to‘langan mablag‘ning 10 foizini jarima sifatida ushlab qolish bandini kiritmoqda.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, bunday talablar noqonuniy hisoblanadi. Fuqarolik kodeksiga binoan, shartnoma bekor qilinganda faqat aniq zarar yetkazilgandagina to‘lov undirilishi mumkin. Ammo ko‘p hollarda qurilish kompaniyasiga hech qanday zarar yetmaydi, chunki uylar boshqa xaridorga sotilishi mumkin. Shuningdek, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, iste’molchi huquqlarini cheklovchi shartlar haqiqiy emas.

Bozorlardagi 130 tonnadan ortiq yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chiqarildi

Bozorlarda 130 tonnadan ortiq yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chiqarildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi.

30-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс валют в обменниках на 18 сентября
29-sentabrda yuz bergan voqealar / Foto: Jonathan Borba / Unsplash

30-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 067,76 so‘m (-70,91so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Avvalroq hafta davomida sodir bo‘lgan voqealar haqida yozgan edi.

Shuningdek