Yangiliklar

Oʻzbek taniqli bokschilari murabbiyiga avtomobil sovgʻa qilishdi — video

To‘lqin Qilichev 2022-yil avgustidan buyon milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda
Foto: Skrinshot

Bosk bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevga shogirdlari — Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov Mercedes avtomobili sovg‘a qilishdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/09/aqmv2irmaxgzi03dckixuucmuckmcs_1tarm7klguctmyarxctgqqk1k_h3j7vs.mp4

Ma’lumot uchun, To‘lqin Qilichev 2022-yil avgustidan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida terma jamoa 2023-yilda jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, 2024-yilda esa jahon kubogida g‘olib chiqdi. Parijda o‘tgan 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medal qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Osiyo boks konfederatsiyasi Qilichevni 2024-yilda «Osiyoning eng yaxshi murabbiyi» deb tan oldi. U Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliev, Bahodir Jalolov, Elnur Abdurayimov, Qudratillo Abduqahharov va boshqa ko‘plab mashhur bokschilarning ustozidir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.