Moldovadagi parlament saylovida PAS partiyasi g‘alaba qozondi

eʼlon qilindi
49,6% ovoz bilan
Moldovadagi parlament saylovida PAS partiyasi g‘alaba qozondi / Foto: STR/NurPhoto/IMAGO

Moldovada 28-sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida hukmron proyevropa Harakat va birdamlik (PAS) partiyasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 49,6% ovoz to‘pladi. Bu haqda DW ma’lum qildi.

PAS natija bo‘yicha taxminan 53 va undan ortiq mandatga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu unga koalitsiyasiz hukumat tuzish imkonini beradi.

Ikkinchi o‘rinni Patriotik blok (PSRM, kommunistlar va Moldovaning kelajagi) — 24,5% egalladi. Alternativa — 8%, Renato Usatiyning Bizning partiya — 6,2%, Vasiliy Kostyukning Uyda demokratiya — 5,6% natija bilan parlamentga o‘tmoqda.

Saylovlarda ovoz berganlarning umumiy soni 1,6 mln kishini tashkil etdi. Bu esa ro‘yxatdagi saylovchilarning 52 foizini tashkil qiladi. Ichki hududlar uchun 2,77 mln dona, diasporaga esa 860 ming dona byulleten chop etildi. Chet eldagi saylov uchastkalari soni 301 ta bo‘ldi: shundan Rossiyada 2 ta, Italiyada esa 75 ta. Noma’lum Pridnestroviya hududida esa atigi 12 ta uchastka ochildi, bu avvalgi saylovlarga nisbatan uch barobar kamdir.

Exit-poll o‘tkazilmadi, chunki yagona ariza bergan tashkilotning so‘rovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rad etildi. Huquq himoyachilari esa saylov jarayonida «polittexnologik» so‘rovlar bozorini fosh etganini ma’lum qildi. Oppozitsiya yetakchisi Igor Dodon tarafdorlarini namoyishga chaqirdi. Kechqurun kichik guruhlar Markaziy saylov komissiyasi binosi yonida to‘plandi, biroq ular tez orada tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yildan O‘zbekiston va Moldova o‘rtasida yuk tashuvlari ruxsatnomasiz amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek