NASA Oy uchun yangi Wi-Fi tizimini ishlab chiqmoqda

eʼlon qilindi
Bu uchun $150 ming ajratiladi
NASA Oy uchun yangi Wi-Fi tizimini ishlab chiqmoqda / Foto: Solstar Space

NASA Solstar Space kompaniyasiga Oy sharoitida ishlay oladigan yangi Wi-Fi tizimini yaratish uchun 150 ming dollarlik grant ajratdi. Bu haqda PRWeb nashri ma’lum qildi.

Loyiha Artemis va CLPS missiyalariga xizmat qilib, astronavtlar, roverlar, qo‘nuvchi apparatlar va orbitadagi obyektlar o‘rtasida real vaqt rejimida aloqa o‘rnatishni maqsad qilgan.

LWIFI-AP deb nomlangan tizim radiatsiya va keskin haroratlarga bardosh bera oladi, shuningdek, kosmik apparatlar uchun muhim bo‘lgan og‘irlik, o‘lcham va energiya talablari asosida ishlab chiqiladi.

NASA bu tashabbusni uzoq muddatli Oy ekspeditsiyalariga tayyorgarlikning muhim qismi sifatida ko‘rmoqda. Solstar esa tizimni tijorat maqsadlarida ham qo‘llashni, kelajakdagi «oy iqtisodiyoti» uchun barqaror aloqa bazasi yaratishni rejalashtirgan.

Hozircha loyiha birinchi bosqichda bo‘lib, kelgusida turli oy platformalari uchun parvoz namunasi sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Oy va Mars missiyalari uchun yangi kosmonavtlarni tanlab olgan edi.

Shuningdek