Oltin narxi 3,8 ming dollardan oshib, yangi rekord o‘rnatdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
29-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30 holatiga ko‘ra
Oltin narxi 3,8 ming dollardan oshib, rekordni yangiladi
Oltin narxi 3,8 ming dollardan oshib, rekordni yangiladi. Foto: FreerLaw / depositphotos.com

29-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichni yangilab, bir troya unsiyasi uchun $3816,66 ga yetdi.

Reuters nashriga ko‘ra, oltin qimmatlashishiga dollarning zaiflashishi va AQSh Federal rezervi foiz stavkasini pasaytirishi haqidagi kutilmalar sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, AQSh hukumati ishini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham oltinni xavfsiz sarmoya sifatida sotib olishni kuchaytirdi.

29-sentabr uchun e’lon qilingan valyuta kurslarida AQSh dollari -61,04 so‘mga pasayib, 12 138,67 so‘mni qayd etgandi. Shuningdek, avval oltinda eng yuqori narx 22-sentabr kuni belgilangan. Unda jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $3724,68 ga yetgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan buyon 32-marta rekord narxni yangilagani haqida xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 10 grammli quyma 15,219 mln so‘mdan 15,358 mln so‘mga, 20 grammli quyma 30,438 mln so‘mdan 30,717 mln so‘mga ko‘tarildi. 

Shuningdek