OnePlus Ace 6 smartfonining tafsilotlari taqdimotdan oldin oshkor qilindi

29-sentabr 2025 12:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: OnePlus

OnePlus kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan OnePlus 15 va OnePlus Ace 6 smartfonlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Ace 6 Qualcomm’ning so‘nggi Snapdragon 8 Elite protsessori asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuqori samaradorlik va tezkorlikni ta’minlaydi.

Smartfon 1,5K OLED displeyga ega bo‘ladi, ekran yangilanish chastotasi esa 165 Hz darajasida belgilangan. Qurilma 7800 mA/soat sig‘imli katta akkumulyator bilan jihozlanadi, u 120 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ekran ostiga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri ham mavjud bo‘ladi.

OnePlus Ace 6 bir nechta konfiguratsiyalarda sotuvga chiqariladi. Asosiy variantlar 12 yoki 16 gigabayt tezkor xotira va 256 gigabaytdan 1 terabaytgacha ichki xotira bilan taklif etiladi. Ranglar qatorida Black, Quick Silver va Flash White mavjud.

O‘tgan dam olish kunlari OnePlus o‘zining boshqa flagmani OnePlus 15 modelini yangi Sand Dune rangida ko‘rsatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 seriyasi dizayni oldidan oshkor qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek