O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusiga qo‘shildi

eʼlon qilindi
2025-yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Aksilkorrupsiya forumida Indoneziya delegatsiyasi ishtirok etadi
korrupsiya
O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusiga qo‘shildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusiga qo‘shildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 23 – 26-sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusi bo‘yicha 12-mintaqaviy konferensiyada ishtirok etdi. Ushbu konferensiya doirasida O‘zbekiston ushbu xalqaro tashabbusga rasmiy ravishda qo‘shildi. Xorijiy hamkorlar mamlakatning tadbirkorlik va maishiy sohalarda korrupsiyani kamaytirish borasidagi tajribasini yuqori baholadi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva Indoneziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi rahbari Agus Joko Pramono bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida bu yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shu bilan birga, 2025-yil oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Aksilkorrupsiya forumida Indoneziya delegatsiyasi ham ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Avvalroq korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Bunda markazning asosiy vazifasi aholining, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi faolligini oshirish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek