O‘zbekistonda muddati tugayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini chegirmada sotish tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Mahsulotlar narxi har 10 kunda bosqichma-bosqich pasaytirilib boriladi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda iste’mol qilish muddati tugash arafasida bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari chegirma bilan sotilishi belgilandi. Bu haqda hukumat qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yirik savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlarida maxsus rastaralar tashkil qilinadi. Mahsulotlar narxi har 10 kunda bosqichma-bosqich pasaytirilib boriladi.

Shu bilan birga, daladan savdo rastalarigacha bo‘lgan jarayonda oziq-ovqat mahsulotlarining isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘riladi. Yig‘ishtirish, saralash, tashish va saqlash jarayonlari doimiy ravishda monitoring qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinadi. Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun hosildorlikni oshirish, bozor tahlillari o‘tkazish hamda kimyoviy moddalardan samarali foydalanishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etiladi.

2026-yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari va gigiyena normalari takomillashtiriladi.

Shuningdek, 2026 – 2030-yillar «Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri» deb e’lon qilinadi. Ushbu davrda «Oqilona iste’mol» dasturi amalga oshirilib, aholiga yetarli va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro laboratoriya ochilgani haqida yozgandi.

Shuningdek