«Real Madrid» Olmaotada qanday kutib olindi — foto, video

eʼlon qilindi
Aeroportda jamoani muxlislar qarshi olib, ularga uzun «jonli yo‘lak» hosil qilishdi
Foto: X ijtimoiy tarmog’i

«Real Madrid» Olmaota aeroportiga yetib keldi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Aeroportda jamoani muxlislar qarshi olib, ularga uzun «jonli yo‘lak» hosil qilishdi. NEHabar Telegram kanalining yozishicha, Intercontinental mehmonxonasi oldida ham kattagina olomon to‘plangan.

Biroq muxlislarning umidi puchga chiqqan, ya’ni «Real» futbolchilari tashqariga chiqmasdan, bevosita mehmonxonaga yo‘l olishdi. Ularga yugurib borgan ayrim futbol ishqibozlarini esa politsiya xodimlari to‘xtatgan.

So‘ng, X ijtimoiy tarmog‘ida futbolchilarning Olmaotaga yetib kelgan suratlari e’lon qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Qayrat» – «Real Madrid»: Olmaotadagi bahs uchun chipta narxlari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, eng qiziqib kutilayotgan bahslardan biri – «Qayrat» va «Real Madrid» o‘rtasidagi bahsga chiptalar 23-sentabr kuni soat 17:00 dan boshlab sotuvga chiqadi.

Chipta narxlari 30 ming tengedan (taxminan 690 ming so‘m) boshlanib, 250 ming tengeni (taxminan 5,7 mln so‘m)  tashkil etadi. Har bir muxlis ikkitadan ortiq chipta sotib ololmaydi. Shuningdek, xarid  shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) orqali amalga oshiriladi.

Klubning ta’kidlashicha, chipta narxlari UEFA bilan kelishilgan bo‘lib, Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi barcha uy uchrashuvlari uchun yagona hisoblanadi. Bu narx siyosati turnir maqomi va o‘yinlarga bo‘lgan yuqori talabni aks ettiradi.

Shuningdek