Rossiyada migrantlarga ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish taklif etildi

eʼlon qilindi
Liberal-demokratik partiya (LDPR) raisi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy taklif bilan chiqdi
migrant
Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Yepanchinsev

Rossiyada migrantlar uchun pensiya bekor qilinishi taklif etildi. Bu haqda Liberal-demokratik partiya (LDPR) raisi, Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy Telegram kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, partiya rahbariyati mamlakat budjeti hozirda maxsus harbiy operatsiya, ijtimoiy va demografik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilayotganini ta’kidladi. Shu sababdan Rossiyada hech qachon mehnat qilmagan yoki jamiyat hayotida qatnashmagan migrantlarga pensiya to‘lash mantiqan asossiz deb hisoblanmoqda.

Slutskining fikricha, o‘zining ozgina pensiyasi bilan kommunal to‘lovlarni zo‘rg‘a qoplayotgan mahalliy fuqarolar fonida, chet eldan kelgan ishchilar uchun davlat mablag‘ini sarflash adolatga to‘g‘ri kelmaydi. Unga ko‘ra, ko‘plab migrantlar Rossiya va rus xalqiga hurmat ko‘rsatmaydi, biroq ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishni kutadi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024-yilda Rossiyada migratsiyaning sof o‘sishi 600 ming kishini tashkil etdi. Bu so‘nggi 30 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Migrantlar oqimining ko‘payishi pensiya tizimiga ham bosimni kuchaytirmoqda.

LDPR bayonotida mamlakat migrantlar bilan munosabatda «Keldi – ishladi – ketdi» tamoyiliga amal qilishi zarurligi qayd etildi. Partiya vakillari nazarida, pensiya davlat hayotida faol ishtirok etgan fuqarolarning haqqi bo‘lib, vaqtincha yashab turgan migrantlarga tegishli emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek