
Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomez hamda taniqli prodyuser Benny Blanko Santa-Barbarada nikohdan o‘tdi. Bu haqda Vogue jurnali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, san’atkorlar 2024-yil dekabrida unashtirilgan bo‘lib, marosim 2025-yilning eng muhim shou-biznes voqealaridan biri sifatida qayd etildi.

Kelin marosim uchun Ralph Lauren tomonidan tikilgan oq libosni tanladi. Kuyov esa klassik qora smokingda qatnashdi. Tadbir Santa-Barbaradagi Sea Crest Nursery bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Tabiiy manzaralar fonida tashkil etilgan to‘yga 170 nafar mehmon taklif qilindi.

Mehmonlar orasida Selenaning yaqin do‘stligi Taylor Swift, shuningdek, aktyorlar Pol Radd, Martin Short va Stiv Martin bo‘lishdi. Mashhurlar juftlikni tabriklab, ijtimoiy tarmoqlarda iliq so‘zlar qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Selena va Benny munosabatlari 2023-yilda ommaga oshkor qilingan. Aslida ular 2015-yildan buyon ijodiy hamkorlik qilib kelgan va ko‘plab mashhur qo‘shiqlarda birga ishlashgan. Ularning san’atdagi hamkorligi 2025-yilda qo‘shma albom bilan mustahkamlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jastin Bieberning rafiqasi Hailey Bieber o‘zining Rhode brendini $1 milliardga sotgani haqida xabar bergan edik.