
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-sentabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yilgi hisobga bu Mirziyoyevning ikkinchi mehnat ta’tili bo’lib, prezident 6-yanvarda ham ta’til olgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni ikki haftada yakunlashni buyurgani haqida yozgandi.