Lifestyle

«Bashakshehir»dan mag‘lubiyat: Shomurodov gol urdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

Bashakshehir Beshiktoshga 1:2 hisob bilan yutqazdi, Eldor Shomurodov gol muallifi bo‘ldi
Foto: O‘FA

Turkiya Superligasining 7-turida «Bashakshehir» safida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev «Konyaspor»ga qarshi bellashuvda ishtirok etishdi.

Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi. U 29 marta to‘pga tegdi, 14 marta uzatma amalga oshirdi, ulardan 8 tasi aniq chiqdi (57 foiz). Eldor ikki marta dribling qildi va har ikkala holatda ham muvaffaqiyat qozondi. U raqib darvozasiga 4 marta zarba yo‘llab, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p uchun 4 marta kurash olib borib, 2 tasida g‘alaba qozondi. Havodagi kurashlarda esa 3 marta ishtirok etib, 1 marta raqibdan ustun keldi. Uning o‘yini Sofascore tomonidan 7,7 ball bilan baholandi.

Foto: Skrinshot

Abbosbek Fayzullayev esa 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 26 daqiqa harakat qildi. Shu vaqt mobaynida u 24 marta to‘pga tegdi, 13 marta uzatma berdi va ularning 11 tasi aniq chiqdi (85 foizlik aniqlik). Shuningdek, u bitta kalit pas berdi va darvozaga bir marta zarba yo‘lladi. Havodagi kurashda ham muvaffaqiyat qozongan Fayzullayevning o‘yini 6,5 ball bilan baholandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov gol urgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» durang oʻynagani haqida xabar bergan edi.