Smart #5 EHD avtomobili oldindan savdoga chiqdi

29-sentabr 2025 12:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Smart #5 EHD gibrid modeli qanday xususiyatlarga ega / Foto: Smart

Smart brendi tomonidan Smart #5 EHD gibrid modeli tomonidan oldindan buyurtmaga taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi $26,6 ming etib belgilangan. Model Geely kompaniyasining NordThor Hybrid 2.0 tizimi asosida yaratilgan. U 252 kilometr sof elektr yurish masofasini va umumiy 1615 kilometr masofani ta’minlaydi.

Foto: Smart

Smart #5 hozirda faqat elektr dvigatelli oltita komplektatsiyada sotilmoqda, ularning narxlari 239 900 yuandan 379 900 yuangacha ($33,7 ming – $53,2 ming) bo‘lib, yangi EHD varianti esa brendning qulayroq narxli gibrid taklifi sifatida maydonga chiqmoqda.

Tashqi ko‘rinishda Smart #5 EHD elektr versiyasining umumiy Boxy dizaynini davom ettiradi. Old panjara yopiq bo‘lib, 328 ta LED dioddan tashkil topgan ikki qavatli faralar bilan uyg‘unlashtirilgan. Old bamper xrom bezaklar bilan qayta ishlangan, orqa tomonda esa 196 ta LED dioddan yasalgan uzluksiz chiroq paneli qo‘llanilgan. Orqa bamper ham yangidan ishlangan bo‘lib, yashirin chiqarish tizimi bilan jihozlangan.

Foto: Smart

Modelning o‘lchamlari 4705×1920×1705 millimetrni tashkil etadi, g‘ildiraklar bazasi esa 2900 millimetr. Bu elektr versiyaga qaraganda biroz balandroq bo‘lib, qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Intellektual boshqaruv tizimida tomga o‘rnatilgan lidar, 12 kamera, beshta millimetrli radar va 12 ta ultratovush sensori mavjud. Ularning barchasi Pilot Assist tizimiga xizmat qiladi. Tizim ikkita Nvidia Drive OrinX chipida ishlaydi va yuqori tezlikda ham, shahar sharoitida ham HD xaritasiz avtopilot funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, eslab qoluvchi avtoparkovka imkoniyati ham mavjud.

Foto: Smart

Texnik tomondan avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel va 200 kilovattli elektromotordan kuch oladi. Ular uch pog‘onali DHT uzatmalar qutisi orqali boshqariladi. Dvigatel 161 ot kuchi, elektromotor esa 268 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Salon dizayni ham elektr variantiga o‘xshash bo‘lsa-da, Obsidian Black va Light Honey Brown rang mavzulari qo‘shilgan. Ichki qismda ikki rangli rul, 10,3 dyuymli raqamli panel va ikkita 13 dyuymli AMOLED 2.5K ekran mavjud. Ulardan biri markaziy boshqaruv, ikkinchisi yo‘lovchi uchun ko‘ngilochar ekran sifatida ishlaydi. Ular 25,6 dyuymli AR-HUD bilan sinxronlashishi mumkin. Krom bezaklar esa gibrid versiyani elektrdan ajratib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Changan CS55 Plus avtomobili haqida yozgan edi.

Shuningdek