Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinmoqda

eʼlon qilindi
Arizalar 1-oktabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi
Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalar qabul qilinmoqda / Foto: Ochiq manbadan

2025-yil 17-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkaziladigan kuzgi spotting-turga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» ma’lum qildi.

Ishtirok etish uchun spotterlar pr@uzairports.com manziliga ariza va pasport nusxasini yuborishlari kerak. Ariza topshirish muddati — 1-oktabr soat 18:00 gacha.

Tanlovda professional foto/video uskunalari bo‘lgan, aviatsiya mavzusida faoliyat yuritayotgan hamda xalqaro spotterlar platformalarida suratlari chop etilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Qabul qilingan arizalar bo‘yicha javob xatlari 6-oktabrgacha yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «UzCargo» Buyuk Britaniyaga yuk jo‘natish huquqini tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek