Vyetnamda Bualoi tayfuni 13 kishining umriga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yana 46 kishi jarohatlandi
Vyetnamda Bualoi tayfuni 13 kishining umriga zomin bo‘ldi / Foto: Reuters

Vyetnam qirg‘oqlariga urib kelgan Bualoi tayfuni kamida 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 46 kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kuchli shamol va yomg‘ir minglab uylarni vayron qildi, yo‘llarni suv bosdi va elektr ta’minotini uzib qo‘ydi.

Hukumat bergan ma’lumotda Bualoi 44 mingdan ortiq uyga zarar yetkazgani qayd etilgan. 6 ming gektarga yaqin ekin maydonlarini suv ostida qoldirgan. Qonq Tri provinsiyasida bir nechta baliqchilar bedarak yo‘qolgan, bir qayiq bilan aloqa uzilgan.

Foto: Reuters

Tayfun sabab 28 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilindi, markaziy viloyatlardagi 4 ta aeroport yopildi va yuzlab reyslar bekor qilindi. Hue va Thanh Hoa viloyatlarida esa alohida falokatlar oqibatida odamlar halok bo‘ldi.

Ob-havo xizmati ayrim hududlarda 500 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishini ma’lum qildi. Mutasaddilar kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfi yuqoriligini ogohlantirmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Bualoi Filippinda ham kamida 10 kishining hayotiga sabab bo‘lgan edi.

Foto: Reuters
Shuningdek