Xiaomi HyperOS 3’ni aqlli soatlar va fitnes brasletlariga joriy etadi

eʼlon qilindi
Xiaomi HyperOS 3’ni aqlli soatlar va fitnes brasletlariga joriy etadi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi tomonidan aqlli soatlar va fitnes brasletlari uchun yangi HyperOS 3 tizimi taqdim etish jadvalini e’lon qilindi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Yangi dasturiy ta’minot qurilmalarda tezlik va energiya samaradorligini oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha funksiyalar olib keladi.

Kompaniya vitse-prezidenti Chjan Leyning ma’lum qilishicha, yangilanish birinchi bo‘lib Xiaomi Watch S4 seriyasi egalari uchun taqdim etiladi. Ular oktabr oyining oxirigacha HyperOS 3’dan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangilanish quyidagi modellarni qamrab oladi:

  • Xiaomi Watch S4 Sport;
  • Xiaomi Watch S4;
  • Xiaomi Watch S4 eSIM;
  • Xiaomi Watch S4 eSIM 15th Anniversary Edition;
  • Xiaomi Watch S4 41mm.

Keyingi bosqichda noyabr oyining oxirigacha mashhur Xiaomi Band 10 gadjeti HyperOS 3 yangilanishini qabul qiladi.

Dekabr oyidan esa kengroq qurilmalar ro‘yxati yangilanishni oladi:

  • Xiaomi Band 9 Pro;
  • Xiaomi Band 9;
  • Redmi Watch 5;
  • Redmi Watch 5 eSIM.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek