Afg‘oniston internet va aloqadan butunlay uzildi

2025-yil 30-sentabr kuni Afg‘onistonda internet tarmog‘i to‘liq o‘chirildi, natijada mamlakat bo‘ylab telefon liniyalari ham ishdan chiqdi. Mazkur qaror Tolibon tomonidan amalga oshirilgan, deyilmoqda xabarlarda.
Tolibon vakillarining ma’lum qilishicha, internetni cheklash bo‘yicha topshiriq harakat rahbari Haybatulloh Oxundzoda tomonidan berilgan va ayrim hududlarda ijtimoiy buzuqliklarning oldini olish maqsadini ko‘zlagan. Ammo NetBlocks tashkiloti uzilish butun mamlakat miqyosida kuzatilayotganini bildirdi.
Tahlilchilarning fikricha, internet va aloqa vositalarining uzilishi fuqarolar hayotini keskin qiyinlashtiradi, biznes va ta’lim jarayonlariga katta zarar yetkazadi. Bu esa Afg‘onistonning tashqi dunyodan yanada ajralib qolishiga sabab bo‘ladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq maslahatchisi Omer Farhodiy ushbu qarorni keskin tanqid qilib, bunday chora afg‘on xalqini ko‘r nuqtaga olib keladi, deya ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon shimolda internetni taqiqlagan edi.