Yangiliklar

BAAda yangi turdagi kirish vizalari joriy etildi

Sun’iy intellekt mutaxassislari uchun, ko‘ngilochar, tadbir va kruiz vizasi
BAAga turistik safar
Foto: djtrenerstock / www.depositphotos.com

Birlashgan Arab Amirliklarida hozirda mavjud vizalar tizimi yangilanib, yana to‘rtta yangi kirish vizasi joriy etildi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu tashabbus mamlakatga texnologiya, sun’iy intellekt, ko‘ngilochar va turizm sohalarida malakali mutaxassislarni jalb qilishni ko‘zlaydi.

Yangi vizalar orasida sun’iy intellekt mutaxassislari uchun, ko‘ngilochar, tadbir va kruiz vizasi bor. Shuningdek, mavjud vizalar shartlari ham qayta ko‘rib chiqildi. Yuk mashinasi haydovchilari vizasi transport korxonalari kafolati asosida beriladi, do‘st yoki qarindoshni ziyorat qilish vizasi esa kafillik daromadiga bog‘liq bo‘ldi.

Bundan tashqari, gumanitar viza bir yil muddatga joriy etildi. Beva yoki ajrashgan ayollarga ham farzandlariga vasiylik qilganda, yashash ruxsatnomasi berilishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Koreya E-7 ishchi vizasi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgandi.